Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy Osiyo surunkali suv tanqisligiga yaqinlashmoqda. Yevrosiyo taraqqiyot bankining (YTB) “Markaziy Osiyoda samarali irrigatsiya va suvni tejash” tadqiqotida bu haqda ma’lumot berildi. 

Hujjatga ko‘ra, o‘tgan yozda suv resurslari tanqisligi ayniqsa qishloq xo‘jaligiga ta’sir qilgan.

“Iqtisodiyotning ushbu tarmog‘i sug‘oriladigan dehqonchilikka asoslangan bo‘lib, u suvni 80 foizgacha iste’mol qiladi va suvdan foydalanish samaradorligi pastligi bilan ajralib turadi”, — deyiladi hujjatda.

 Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Mintaqaning irrigatsiya infratuzilmasi yoshi 50 yildan oshib ketgan, sug‘oriladigan yerlarning 50 foizdan ortig‘i sho‘rlanishga uchragan, suvning 40 foizi sug‘orish kanallarida yo‘qoladi.

Tadqiqot mualliflari mintaqa mamlakatlariga sug‘oriladigan yerlarning potensialini saqlab qolish va suvni tejash bo‘yicha 10 ta amaliy qadamni taklif qilmoqdalar: to‘rttasi mintaqaviy darajada va oltitasi milliy siyosat darajasida.

“Davlatlar, fermerlar va ko‘p tomonlama rivojlanish institutlarining o‘zaro hamkorligini talab qiladigan ushbu chora-tadbirlar majmuasi barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun har yili yetarli miqdorda suvni tejash imkonini beradi”, — ta’kidladi ekspertlar.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishni dolzarbligi “Amudaryo oqimining qisqarishi” bilan oqlanadi. Avvalo Markaziy Osiyoga birlashgan mintaqaviy yondashuv zarur.

1. Eng samarali yechimlardan biri Markaziy Osiyoning suv va energiya bo‘yicha xalqaro konsorsiumini tashkil etishdir. U energiya loyihalari bilan bir qatorda irrigatsiya loyihalarini amalga oshirishga ham e’tibor qaratishi mumkin. Uning yaratilishi ko‘p tomonlama rivojlanish banklari va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va muloqotni osonlashtiradi.

2. Konsorsiumlar alohida yirik investitsiya loyihalarini (yirik gidrotexnika inshootlarini) amalga oshirish uchun ham tuzilishi mumkin. Bank hamkorligi irrigatsiyaga investitsiyalarni jalb qilish muammosini hal qilishi mumkin. Mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan banklar murakkab loyihalarni birgalikda amalga oshiruvchi, qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb etuvchi va kompleks loyihalarni samarali moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy operatorlar sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

3. Zamonaviy sug‘orish texnikasiga ixtisoslashgan hududiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish klasterini tashkil etish maqsadga muvofiq.

Sug‘oriladigan yerlar maydoni bo‘yicha Markaziy Osiyo dunyoda Xitoy, Hindiston, AQSH va Pokistondan keyin beshinchi o'rinda turadi va 140–320 million dollarlik sug‘orish uskunalari bozorini taqdim qiladi, bu jahon bozorining. 4–8 foizni tashkil etadi.

4. Afg‘oniston bilan hamkorlikni mustahkamlashda Markaziy Osiyo davlatlarining pozitsiyasini mustahkamlash dolzarb ko‘rinadi. Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarishning amaldagi mexanizmlarida, shu jumladan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va transchegaraviy suv resurslari sohasida ishtirok etuvchi boshqa mintaqaviy tashkilotlar platformasida hamkorlik sxemasini taklif qilish kerak.

Suvni tejashga o‘tish moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi va institutsional yechimlarni talab qilishi kerak.

5. Markaziy Osiyoda suv va irrigatsiya tizimlarini rivojlantirish muhim investitsiyalarni, jumladan, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) formatida jalb etishni talab qiladi. Hisobotda DXSHni qo‘llashning ko‘plab holatlari orqali o‘rganilgan jahon tajribasi moliyalashtirishning ushbu shakli samarali ekanini ko‘rsatadi. Bunday loyihalarni moliyalashtirishda budjet mablag‘lari bilan bir qatorda banklarning moliyaviy resurslari ham katta ahamiyatga ega.

6. Xo‘jalikdan tashqari kanallarda va fermer xo‘jaliklarida suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyasi (SFA) ishtirokida suv hisobini to‘g‘ri tashkil etish nihoyatda muhim. SFAlarning tashkiliy-huquqiy maqomini mustahkamlash suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha SFAlarning mas’uliyati va majburiyatlarini oshiradi. Bu chora-tadbirlar keyinchalik fermer xo‘jaliklarini pullik suv ta’minoti tizimiga o‘tish imkonini beradi.

7. Tarifga investitsiya badallarini bosqichma-bosqich kiritish suv xo‘jaligi byudjet tashkilotlariga irrigatsiya tizimlarini qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga investitsiya kiritishga yordam beradi.

Markaziy Osiyoda suv resurslarining cheklangani va sug‘orma dehqonchilikning ekstensiv chegarasiga yetib borayotgan sharoitda sanoat qishloq xo‘jaligi texnologiyalarining roli ortib bormoqda.

8. Sug‘oriladigan yerlarning keng sho‘rlanishiga qarshi turish uchun irrigatsiya va drenaj tizimlarini rekonstruksiya qilish orqali ularning meliorativ holatini yaxshilash maqsadga muvofiqdir. Masalan, xo‘jalik ichidagi kanallarni suv o‘tkazgichlarga aylantirish mumkin, mavjudlarini esa dalalarga suv yetkazib berish uchun quvur tizimi bilan almashtirish mumkin. Bu filtrlash yo‘qotishlarini uch-to‘rt baravar kamaytiradi.

9. Suv sohasiga raqamli texnologiyalarni universal joriy etish tavsiya etiladi. Bu suvni oqilona taqsimlash, suvning to‘g‘ri hisobini ta’minlash hamda fermer xo‘jaliklarini pullik suv ta’minoti tizimiga o‘tishni sezilarli darajada osonlashtiradi. Raqamli suv o‘lchash texnologiyalarini joriy etish natijasida kutilayotgan suv yo‘qotishlarini tejash yiliga 12-15 foizni tashkil qiladi. Shuningdek, masofaviy sun’iy yo‘ldosh diagnostikasidan foydalangan holda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati va tuproq sho‘rlanishi ustidan doimiy monitoring tizimini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

10. Birgalikda sug‘orish, yerni lazer bilan tekislash, ekinlarni yetishtirishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Yuqori sifatli reja yer usti sug‘orish uchun yangi mexanizatsiyalashgan va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi. Tekislangan dalada hosildorlik sezilarli darajada oshadi va suvni tejash yiliga 20 dan 30 foizgacha bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »