Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

  • G‘aybulla Mirzayev – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Suxrob Hamroqulov – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • G‘alim Abduxoliqov – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Farrux Jumaqulov – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Abubakr Rahimov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyati Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Alisher Dadabayev – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Soyibjon Rahimov – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Latofat Zayniddinova – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Umid Qadirov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Baxtiyor Samiyev – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyat Urganch tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Zafar Karimov – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati Samarqand tumanlararo maʼmuriy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Alisher Dadaxanov sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda 2023-yilning olti oyida 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan avval tugatilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »