Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

21-noyabr kuni Oliy Majlis Senatida aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, muammo va kamchiliklar yuzasidan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.

Foto: Senat axborot xizmati

Unda aytilishicha, O‘zbekiston isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga transport xizmatlarini ko‘rsatishda kamchiliklar bo‘yicha aholi tomonidan 252 ta murojaat kelib tushgan.

“Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlari hududlarida jamoat transportlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlari joriy etilmagan.

Bundan tashqari, yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportlari, avtoshohbekatlarda nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning avtotransport vositalariga chiqishi uchun maxsus moslamalarning o‘rnatilmaganligi, temir yo‘l xizmatlari ko‘rsatishda kamchiliklar mavjudligi jamoatchilik va aholining haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda”, — deyiladi Senat axborotida.

Sentyabr oxirlarida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temir yo‘l sohasida hal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgandi. O‘shanda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xoldingga aylantirilishi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning nosohaviy aktivlarini sotish vazifasi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »