Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aktyorlar ko‘p vaqtlarini suratga olish maydonchasida o‘tkazadi, shuning uchun ko‘pincha begonalar ham yaqin do‘st bo‘lib ketadi. Ba’zan ularga bir-biri bilan ishlash shunchalik qulayki, ular boshqa hech kimni ekrandagi sherigi sifatida tasavvur qila olmaydi.

Devid Tennant va Maykl Shin

Hamkorlikdagi filmlari: 6 ta —  “Oltin yoshlik”, “Doktor kim”, “Yaxshi alomatlar”, “Yaxshi alomatlar: Lokdaun”, “Sahnalashtirish”, “Qum odam”.

 
Foto: Filmdan kadr

Hayron qolishingiz mumkin, ammo ularning uzoq yillik va samarali hamkorligiga qaramay, aktyorlar Devid Tennant va Maykl Shin faqat “Yaxshi alomatlar” serialidagina do‘stlashib olishadi. Birinchi mavsum chiqqandan so‘ng, pandemiya paytida ular ”Sahnalashtirish” filmini yaratishga qaror qilishadi. Ularning filmdagi qahramonlari video havola orqali spektaklni mashq qilishga harakat qilishadi. Aftidan, aktyorlar qiyin davrda muxlislarni xushnud etish uchun hamma narsa qilishmoqchiga o‘xshaydi.

Adam Sendler va Dryu Berrimor

Hamkorlikdagi filmlari 3 ta — “To‘ydagi xonanda”, “50 ta birinchi bo‘sa”, “Aralash-quralash”.

 
Foto: Filmdan kadr

Adam Sendler ishtirokidagi romantik komediyalarni Dryu Berrimorsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘z kitobida aktrisa u bilan filmda rol o‘ynashni orzu qilganini tan oldi. Biroq hayotda ular shunchaki yaqin do‘st. Aytgancha, Sendlerning rafiqasi Berrimorning ashaddiy muxlisi, u eriga suratga olish maydonchasidagi aktrisani ko‘rish uchun borini berishini aytgan.

Rayan Gosling va Emma Stoun

Hamkorlikdagi filmlari: 3 — “Ahmoqona sevgi”, “Gangster ovchilari”, “La-La Lend”.

Foto: Filmdan kadr

Tomoshabinlar sevadigan yana bir yulduzli tandem. Tandem 2011-yilda “Ahmoqona sevgi” filmini suratga olish jarayonida shakllangan. Bu filmda aktyorlar avvaliga dushmanlarcha munosabatda bo‘lgan, keyin bir-birini sevib qolgan qahramonlarni ijro etishgan. Biroq ko‘pchilik bu loyihani eslay olmaydi, chunki ularning karyerasida yorqinroq asar bor — “La-La Lend”. Aytgancha, uning uchun Emma Stoun “Oskar”ga munosib ko‘riladi. Yulduzlar birgalikda ishlashni yaxshi ko‘rishini bir necha bor ta’kidlagan.

Kris Evans va Skarlett Yoxansson

Hamkorlikdagi filmlari 8 ta — “Yuqori ball”, “Enaganing kundaligi”, “Qasoskorlar”, “Birinchi qasoskor: Kapitan Amerika”, “Qasoskorlar: Altron davri”, “Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi”, “Qasoskorlar: Abadiyat jangi”, “Qasoskorlar: Xotima”.

Foto: Filmdan kadr

Skarlett Yoxansson va Kris Evans o‘rtasida umumiy bo‘lgan filmlar soni “Qasoskorlar” jamoasi haqidagi Marvel filmlaridagi rollari hisobiga ko‘p. Ammo ular boshqa filmlarda ham hamkorlik qilgan, aktyorlar yoshlikdan bir-birini yaxshi tanigan. “Biz ko‘pincha munosabatlar, oilalarimiz, odamlar bilan muloqot qilish va boshqa mavzular haqida suhbatlashardik”, — deb eslaydi Yoxansson.

Jonni Depp va Xelena Bonem Karter

Hamkorlikdagi filmlari 6 ta — “Charli va shokolad fabrikasi”, “Suini Todd”, “Alisa mo‘jizalar mamlakatida”, “Qora soyalar”, “Yolg‘iz qo‘riqchi”, “Alisa sehrli ko‘zgu ortida”.

Foto: Filmdan kadr

Aksariyat filmlarni bu ikki aktyor ishtirokida suratga olgan rejissor Tim Byortonsiz ekstravagant kino juftligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ko‘rinishidan, rejissorga sobiq sevgilisi va yaqin do‘sti ijrosidagi tandem yoqadi. Aytgancha, Depp Gollivud yulduzlari farzandlarining cho‘qintirgan otasi hisoblanadi. Helena har doim Jonni bilan ishlash haqida iliq gapirib, uni professional deb atagan.

Bredli Kuper va Jennifer Lourens

Hamkorlikdagi filmlari 4 ta — “Mening yigitim telba”, “Amerikancha firibgarlik”, “Serena”, “Joy”.

Foto: Filmdan kadr

Bredli Kuper va Jennifer Lourens 2012-yildan beri to‘rtta filmda suratga tushgan. Ular birinchi marta aktrisa “Oskar” olgan “Mening yigitim telba” filmida birga suratga tushishadi. “Yosh farqiga qaramay, biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz va uning badiiy yetukligi meni doim hayratda qoldirgan”, — deydi Kuper Lorens haqida.

Ben Stiller va Ouen Uilson

Hamkorlikdagi filmlari 12 ta — “Kabelchi”, “Abadiy kecha”, “Ota-onalar bilan tanishuv”, “Namunali erkak”, “Tenenbaumlar oilasi”, “Starskiy va Xetch”, “Fokerlar bilan tanishuv”, “Muzeydagi tun”, “Muzeydagi tun 2”, “Fokerlar bilan tanishuv 2”, “Muzeydagi tun: sehrli taxtacha siri”, “Namunali erkak 2”.

 
Foto: Filmdan kadr

Ben Stiller Ues Andersonning “Shisha raketa” debyut filmida Ouen Uilson bilan tanishib qolgan. Keyin unga xat yozib, u bilan birgalikda ishlashni xohlashini aytadi. Aktyorlar birinchi marta 1996-yilda “Kabelchi” filmida suratga tushadi. Ular juda do‘stona munosabatda bo‘lishadi, bir-birlari haqida faqat ijobiy so‘zlar aytishadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »