Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘oniston milliy elektr kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat — DABS) O‘zbekistondan elektr energiyasi yetkazib berish ikki baravar qisqarganini ma’lum qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Getty Images

DABS maʼlumotlariga ko‘ra, eksportning kamaygani O‘zbekistondagi energetika infratuzilmasini taʼmirlash ishlari bilan bog‘liq. Balx, Samangon, Bag‘lon, Parvon, Kapisa, Panjsher, Kobul, Nangarhor, Lag‘mon, G‘azni, Maydon-Vardak, Logar, Paktiyo va Xost viloyatlari aholisi elektr ta’minoti muddatlari qisqarishi haqida ogohlantirilgan. 

“Bugun (23-noyabr) elektr energiyasini yetkazib berish normal holatga qaytishi kerak”, — deyiladi xabarda.

Oxirgi marta qishda O‘zbekiston elektr energiyasini yetkazib berishda jiddiy uzilishlar kuzatilgan edi – o‘shanda 20 kun ichida Kobul sanoatining 90 foizi faoliyatini to‘xtatgandi. Afg‘oniston elektr energiyasining asosiy qismini qo‘shni davlatlar, xususan Turkmaniston va O‘zbekistondan import qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »