Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pekinda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining birinchi strategik muloqotini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram’dagi kanaliga yozib qoldirdi.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Tadbir kun tartibi siyosatdan iqtisodiyotgacha qator sohalardagi hamkorlik masalalarini qamradi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish, iqtisodiy diplomatiyani sezilarli natijalar bilan boyitishga alohida eʼtibor qaratdik. Barcha yo‘nalishlarda aloqalarimizni yanada chuqurlashtirish uchun zarur saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyormiz, — deydi Baxtiyor Saidov.

Sinxua agentligining yozishicha, Van I Xitoy va O‘zbekiston “mushtarak taqdirga ega do‘st qo‘shnilar” ekanini taʼkidlagan. U XXR O‘zbekiston bilan birgalikda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi yangi strategik muloqot platformasidan to‘liq foydalanishga tayyorligini bildirgan.

Ikkala tomon ham BMT, SHHT va boshqa tuzilmalar doirasida muvofiqlikni kuchaytirishga, shuningdek, Xitoy—Markaziy Osiyo mexanizmini qurishga ko‘maklashishga tayyor ekanini qayd etgan.

Avvalroq Xitoy raisi o‘rinbosari Xan Chjen O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »