Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qo‘qonda davlatga 12 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning fermani aniqladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, DXX tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tarzda kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi.

Qo‘qon shahrida yashovchi ushbu fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, ushbu shahardagi xonadonlarning birida kriptovalyuta ishlab chiqarish maqsad qiladi. U elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, umumiy quvvati 104,2 kiloVatt/soat bo‘lgan 31 dona “Vatsmayner M21S” qurilmalari va 2,16 kiloVatt/soat bo‘lgan ventilyator va yoritgichlar, jami quvvati 106,3 kiloVatt/soat bo‘lgan elektr qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulagan.

Natijada 2020-yildan 2023-yilgacha jami 2 million 794 ming bir yuz kiloVatt elektr energiyasidan foydalanib, elektr ta’minoti korxonasining 12 milliard 369 million so‘mlik mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »