Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda O.Q. ismli shaxs fuqaro J.U. bilan o‘zaro til biriktirib, o‘z uyida 114 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 425,7 million so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval Toshkentda yashovchi fuqaro o‘z uyida qo‘lbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 540 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ham elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan mayning ferma aniqlangandi. Navoiyda aniqlangan noqonuniy mayning ferma esa davlatga 24,4 milliard so‘m zarar keltirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »