Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan yil davomida Ukrainadagi front chizig‘i deyarli o‘zgarmadi, Yevropa ittifoqchilari o‘q-dorilar bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolarga duch keldi va Qo‘shma Shtatlar siyosiy urushdan charchaganini ko‘rsatmoqda.

Bloomberg yozganidek, bularning barchasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga imkoniyat berishi mumkin.

Xususan, harbiy yordamning yetishmasligi Ukrainani zaif pozitsiyadan turib tinchlik muzokaralariga rozi bo‘lishga majbur qilishi mumkin. 

Qayd etilganidek, bunday prognozlar Sharqiy Yevropa davlatlari rahbarlari uchun juda qo‘rqinchli. Ular Rossiya Federatsiyasi g‘alaba qozonsa, Ukraina chegaralarida to‘xtab qolmasligiga ishonchlari komil. 

Foto: Unian

Estoniya bosh vaziri Kaja Kallas ayrim ittifoqchilar mudofaaga yetarlicha jiddiy yondashmayotganini ta‘kidladi. Shu bilan birga, mamlakat tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergisning qo‘shimcha qilishicha, qurol yetkazib berishning sekinligi Ukrainani muzokaraga majbur qilishi mumkin.

Qo‘shimcha qilinganidek, kelasi hafta AQSH Kongressi Ukrainaga yordam paketini o‘tkazish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettiradi. Gap prezident Jo Bayden bermoqchi bo‘lgan 61 milliard dollar haqida bormoqda. U va uning tarafdorlari Parlament paketni 2023-yil oxirigacha ma‘qullashiga umid qilmoqda.

Yana bir xavf — Isroilda frontning kengayishi. Jurnalistlarning fikricha, bu holatda Qo‘shma Shtatlar o‘zining Yaqin Sharqdagi ittifoqchisiga artilleriya o‘q-dorilarini berishga majbur bo‘ladi.

Ismini oshkor etmagan Yevropa Ittifoqi diplomati qurol-yarog‘ yordamining davom etmasligi Putinga yordam berishidan xavotirda ekanini aytdi. Latviya prezidenti Edgars Rinkevichning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasi bilan kelishuvlar muqobil variant emas va o‘t ochishni to‘xtatish Moskvani faqat kuchliroq qilishi mumkin.

“Rossiya ham o‘z iqtisodini, kuchlarini safarbar qilayotganini va uzoq muddatli saʼy-harakatlarga tayyor ekanini tushunib, Ukrainani uzoq muddatli yoki tizimli qo‘llab-quvvatlash tizimi ustida ishlashni davom ettirishimiz kerak”, — deya tushuntirdi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »