Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yuk mashinasi poyezd harakatlanuvchi ko‘prikning bir qismini o‘pirib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda ko‘prikni ta’mirlash ishlari yakunlangan va poyezdlar harakati tiklangan.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Qayd etilishicha, Jizzax—Sayxun uchastkasining 3597-kilometrida Zomin tumani va Jizzax shahri o‘rtasida joylashgan temiryo‘l ko‘prigi ostidan o‘tayotgan Howo yuk mashinasi borti bilan uning bir qismini shikastlagan.

Voqea sodir bo‘lganidan keyin yuk mashinasi haydovchisi darhol to‘xtagan. Vaziyatni hal qilish uchun maxsus xizmatlar va masʼul shaxslar yuborilgan. Xavfsizlik va tiklash ishlari uchun ushbu temiryo‘l ko‘prigi bir muddat yopilgan.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”
“Mutaxassislar tezda shikastlangan ko‘prik nurini tiklashga kirishdi. Hozirgi vaqtda barcha tiklash ishlari yakunlandi va poyezdlar ushbu yo‘nalishda o‘z harakatlarini tikladilar”, — deyiladi xabarda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ barcha yo‘l harakati qatnashchilarini, ayniqsa, temiryo‘l ko‘priklari va o‘tish joylari yaqinida bunday hodisalarning oldini olish uchun qoidalar va cheklovlarga rioya qilishga chaqirdi.

Avvalroq Bobur ko‘chasi va Toshkent xalqaro aeroportini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo‘yicha tanklar yordamida sinovdan o‘tkazilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »