Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 24-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining qirq yettinchi yalpi majlisida kun tartibiga o‘tishdan avval O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi raisi tomonidan qilingan murojaat ko‘rib chiqildi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasida ijtimoiy-maishiy va madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan qurilish obyektlarini hamda rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish nazarda tutilgan.

Unda obyektlarni qabul qilish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadigan davlat qabul komissiyasi tarkibiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillarini kiritish qatʼiy belgilab qo‘yilgan.

Tanzila Norboyeva
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

“Mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Senatga murojaat qilgan. Unga ko‘ra, assotsiatsiya va uning hududiy bo‘linmalari vakillariga qurilish obyektlarini qabul qilish masalasida maxsus elektron platformadan foydalanish imkoniyati cheklab qo‘yilgan.

Ushbu masalani hal qilish yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga Adliya vazirligi tomonidan xatlar, taqdimnomalar kiritilgan, ammo masala yakuniga yetkazilmagan.

Konstitutsiyamizda davlatimiz ijtimoiy davlat deb belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib, mazkur masala muhim ijtimoiy ahamiyatga egaligini, barcha davlat idoralari ijtimoiy masʼuliyati qatʼiy ekanligini ko‘rib turibmiz.

Yaʼni davlatimizda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan choralar ko‘rilishi zarur.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mazkur masalani tegishli qonun talabi asosida uzil-kesil hal qilishi kerak”, — dedi Tanzila Norboyeva.

Majlisda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isoqov mazkur masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Oybek Isoqov
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

“O‘tgan yili Senatning qarori chiqqan edi. Unda to‘rtta tashkilot: Nogironlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Karlar jamiyati va Nogironlar assotsiatsiyasi yangi qurilayotgan obyektlarning davlat qabul komissiyasi tarkibiga kiritilsin, deb belgilab qo‘yilgan edi.

Biz unga kirdik va dekabrdan to aprel oyigacha komissiya tarkibida elektron kalitdan foydalanayotgan edik. Lekin aprel oyida nomaʼlum sabablarga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bizga berilgan elektron kalitni bekor qilib yubordi. Biz so‘raganimizda, ular “Bu texnik sababalarga ko‘ra qilindi. Bir oy ichida elektron kalitni beramiz” deyishdi, ammo berishmadi.

Biz o‘sha komissiya tarkibida bo‘lsak, kimga xalaqit beryapti bu narsa? Ahir bu hammaga foydali-ku. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qilingan qulaylik hamma uchun ham qulaylik, deb hisoblaymiz”, — dedi Oybek Isoqov.

Senat raisi Vazirlar Mahkamasining vakolatli vakilidan mazkur masalani alohida nazoratga olib axborot kiritishni so‘radi.

“Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligidan bir hafta muddatda mazkur masalani tegishli qonun talablari asosida uzil-kesil hal qilishni va ushbu masalaga javobgar bo‘lgan vakolatli xodimni masʼuliyatsizlik bilan yondashgani uchun rasman tushuntirish berishlarini biz talab qilamiz. Bir hafta muddatdan keyin shaxsan o‘zim shug‘ullanaman”, — dedi Tanzila Norboyeva.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »