Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston va Eron transport vazirliklari Eronning Chobahor porti orqali xalqaro yuk tashish va tranzit bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Foto: Tojikiston transport vazirligi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon avvalroq taʼkidlaganidek,

“ Chobahor porti salohiyatidan samarali foydalanish, tovarlarni olib kirish va tranzit uchun shart-sharoitlarni yengillashtirish ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda”.

Chobahorning qulay joylashuvi

Dengiz porti Eronning janubi-sharqida, Ummon ko‘rfazi qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, Hind okeaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadi. U Afg‘oniston va dengizga chiqish imkoni yo‘q Markaziy Osiyoning mamlakatlariga yaqin joylashgani sababli bu mamlakatlar uchun “Oltin darvoza” deb ataladi. Tojikiston O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron orqali Chobahor portidan Hind okeaniga chiqishi mumkin.

 
 
Chobahor porti
Foto: iran.ru

Hozirda Tojikistondan portga eng qisqa yo‘l Afg‘oniston orqali o‘tadi. Tojikiston Eronning Fors ko‘rfazida joylashgan Bandar Abbos portidan uzoqroq hududlarga mahsulot tashish uchun foydalanadi.

Eron bu portdan qanday foydalanishni rejalashtirmoqda?

Eron Chobahor portidan Markaziy Osiyoga kirish eshigi sifatida foydalanishni va hozirda Eron dengiz savdosining 85 foizini tashkil etuvchi Bandar Abbos portini saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, haddan tashqari yuklangan Bandar Abbos okeanga tashuvchi yirik yuk kemalariga xizmat ko‘rsatishi mumkin. 

Bandar Abbosdan farqli ravishda Chobahor standart yuk kemalarini tashishga qodir. Bundan tashqari, Bandar Abbos porti Fors ko‘rfazida joylashgan. U yerdan ochiq okeanga chiqish uchun kemalar shimoliy sohillarida Chobahor porti joylashgan Ummon ko‘rfazi orqali suzib o‘tishi kerak.

Mutaxassislarning fikricha, kelajakda Chobahor qurilayotgan Chobahor—Zahidan temiryo‘li hamda Shimoliy-Janubiy yo‘lagi—Qozog‘iston—Turkmaniston—Eronning sharqiy temiryo‘li orqali Kaspiy dengizining transport tizimiga ulanishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »