Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraxtlar pasporti yaratiladi. Bu haqda prezidentning 23-noyabrdagi farmonida belgilandi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Daraxtlarni pasportlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • 2024-yil 1-martgacha– mavjud daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno);
  • 2024 yil 1-noyabrgacha — xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, bo‘yi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi;
  • 2024-yil 31-dekabrgacha — ma’lumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.

Eksperiment yakunlaridan kelib chiqib, respublikaning boshqa hududlarida ham daraxtlar pasportini joriy qilish nazarda tutilgan.

Farmon bilan 2024-yil 1-martdan yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlar, agar ularga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi ko‘kalamzorlashtirish maydonlariga ajratilmagan va ularda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmagan taqdirda, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi.

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga kiruvchi sanoat korxonalari loyiha hujjatlari bo‘yicha beriladigan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida o‘z va tutash hududlarida “yashil belbog‘”lar barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish majburiy bo‘lgan talab etib belgilanadi.

Shuningdek, 2024—2028-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha milliy dastur ham tasdiqlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »