Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent—Hojikent—Toshkent yo‘nalishida elektr poyezdlarining harakati 23-noyabrdan qisman tiklanadi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayta tiklangan reyslar quyidagi vaqtlarda jo‘naydi:

  • soat 06:40 da Hojikentdan Toshkentga;
  • soat 16:58 da Toshkentdan Hojikentga.

Ertalab 07:10 da Toshkentdan Hojikentga, shuningdek, Hojikentdan Toshkentga kunduzi 10:10 da qatnaydigan reyslar hozircha yo‘lga qo‘yilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 8-noyabrdan harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida mazkur yo‘nalishda elektropoyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgandi. 2021-yil may oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Toshkentda shahar atrofi qatnovi uchun elektropoyezdlar parkini yangilash rejasini eʼlon qilgan. Shu tariqa, Hojikent yo‘nalishiga to‘rtta yangi tezyurar elektropoyezdini qo‘yish rejalashtirilgandi, bu esa yo‘l vaqtini hozirgi 2 soat 15 daqiqadan 1 soatga qisqartiradi.

Bundan oldin 13—15-sentyabr kunlari amalga oshiriladigan bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra bekor qilingandi. Oktyabr boshida esa O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishdagi poyezd chiptalari narxi 50 foizga, “Afrosiyob”niki esa 100 foizga oshirilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »