Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida 44 ta xonadonga imtiyozli narxda ko‘mir ajratish evaziga pora talab qilgan hokim yordamchisi ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Jalaquduq tumani hokimi yordamchisi D.I. kuz-qish mavsumida ko‘mir yetkazib berilishini nazorat qilish va xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha ishchi guruh aʼzosi sifatida tuman ko‘mir omboriga nazorat uchun masʼul etib biriktirilganidan foydalanib, hududdagi 44 ta xonadon uchun 38,1 tonna ko‘mirni imtiyozli narxda ajratib berishi evaziga “U.K.” MFY faoli M.A.dan 600 dollari pora talab qilgani aniqlangan.

Hokim yordamchisi ushbu pullar hisobidan 7 million so‘mni ko‘mir ombori hududida o‘zining boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Buxoro shahri “Abu Ali ibn Sino” MFY hokim yordamchisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Yangiyo‘l tumani hokimi mahallalardagi 6 nafar yordamchisini jazolagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »