Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer savdolariga chek qo‘ydi.

Kadr: Telegram

Jumladan, DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bosharmasi tomonidan departament hamda ichki ishlar hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda To‘rtko‘l tumanida yashovchi shaxs fuqaroga 30 yil muddatga dehqonchilik qilish maqsadida ajratilgan tumandagi 1,8 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 350 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tadbirda esa Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaro o‘zi faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaligiga tegishli 20 sotix yer maydonini 40 ming dollari evaziga sotishga kelishib, mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Farg‘ona tumani yashovchi fuqaro mazkur tumanda joylashgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonidan 1 gektarini xaridorga 28 ming dollarga sotishni hamda ushbu yer maydonini mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Natijada, u mazkur yer maydoni uchun pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.

Avvalroq Sirdaryoda besh gektar yer maydonini 40 ming AQSH dollariga sotishga uringan opa-uka qo‘lga olingan edi. Aprel boshlarida esa Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »