Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

25-noyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Shahed tipidagi kamikadze-dronlar yordamida Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda “Ukrainskaya pravda” mamlakat Qurolli kuchlari havo kuchlariga tayanib.

Foto: Getty Images

Kiyev shahri va viloyatida havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushdi. Ukraina poytaxtida dron qoldiqlari Solomenskiy, Dneprovskiy va Goloseyevskiy tumanlaridagi binolar va turar joylar ustiga quladi, dedi shahar meri Vitaliy Klichko.

Solomenskiy tumanida dron qoldiqlarining qulashi oqibatida bir nechta joyda — bolalar bog‘chasi, turar joy binosi, noturar joy va ochiq joylarda yong‘inlar sodir bo‘ldi. Dronlardan birining qoldiqlari besh qavatli binoning ikkinchi qavatiga tushib, u yerda ikki nafar tinch aholinining chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

Hujum oqibatida 11 yoshli bola jarohat oldi, dedi Klichko. Keyinroq mer Solomenskiy tumanida ikki kishi jabrlanganiga aniqlik kiritdi.

Kiyevda jami 40 dan ortiq dron urib tushirildi, deb xabar bermoqda “RBK-Ukraina” shahar harbiy ma’muriyati spikeri Mixail Shamanovga tayanib. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Kiyevda so‘nggi oydagi eng katta ko‘lamdagi hujum bo‘ldi.

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab rekord miqdordagi dronlarni uchirgani, Kiyev hujumning asosiy yo‘nalishiga aylanganini ta’kidladi.

Tunda Ukraina harbiylari Dnepropetrovsk viloyati uzra beshta uchuvchisiz uchoq va bir raketani ham urib tushirgan. Shuningdek, Nikolayev viloyatida yana bir dron urib tushirilgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »