Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 14-turida “An-Nassr” 24-noyabr, juma kuni “Al-Ahdud” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida al-Naji Ar-Riyod klubini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi. 

Ikkinchi bo‘limda ham “An-Nassr”ning ustunligi davom etdi. 77-daqiqada Krishtianu Ronaldu o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, portugaliyalik futbolchi 35 metrdan raqib darvozasini mo‘ljalga olib, dublni rasmiylashtirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “An-Nassr” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.


Saudiya Professional Ligasi

14-tur bahsi

24-noyabr, juma

“An-Nassr” – “Al-Ahdud” 3:0

Gollar: 1:0 – 13 Al-Naji, 2:0 – 77 Ronaldu, 3:0 – 80 Ronaldu.

“An-Nassr”: Al-Najar, Al-Ganam, Al-Fatil, Al-Amri, Telles (Maran, 90), Otavio (Al-Hassan, 88), Taliska, Fofana (Brozovich, 55), Al-Naji (Al-Sulayxim, 55), Garib (Yahyo, 56), Ronaldu.

“Al-Ahdud”: Paulo Vitor, Al Zabdani, Kverkveliya, Burke, Al Yami, Kolyado (Al Shaikh, 79), Al-Faraj (Al Harthi, 59), Tenase (Al Muvallad, 89), Pedrosa, Tavamba (Khodari, 89), Godvin.

Ogohlantirishlar: Tenase (26), Tavamba (34), Al Harthi (78).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »