Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston 2023-yil 30-noyabrdan 12-dekabrgacha Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP-28) chog‘ida mamlakatning Metan bo‘yicha global majburiyatga qo‘shilishi haqida e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Ushbu masala hukumat yig‘ilishida ko‘tarildi, deb xabar bermoqda mahalliy “Oltin Asir” telekanali. Bugungi kunga qadar 150 ga yaqin davlat ushbu hujjatga qo‘shilgan.

Turkmanistonda 2021-yildan buyon tegishli ishlar amalga oshirilmoqda: metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha yuqori darajadagi tarmoqlararo komissiya tuzildi va bu borada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Metan iqlimga CO2 dan 80 baravar kuchli tahdid soladi.

Turkmaniston Xitoy, Rossiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston tomonidan xarid qilinadigan tabiiy gazning mintaqadagi asosiy yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadi.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, neft va gazning atmosferaga sizib chiqishi holatlari asosan quvurlarning eskirishi, shuningdek, neft bilan birga hosil bo‘ladigan metan gazining atmosferaga tarqalishi bilan bog‘liq.

Mahalliy neft-gaz konsernlariga ko‘ra, Turkmanistonda qo‘shma neft gazidan foydalanish hajmini oshirish, qazib olish, tashish, saqlash va qayta ishlash jarayonida tabiiy gazning yo‘qotilishini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »