Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Ukrainaga uchta g‘alaba kerak”, — dedi prezident Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlarini “Interfaks-Ukraina” keltirdi.

Foto: Reuters
Birinchi g‘alaba — Kongressda. Bu qiyin, oson emas, hammasi ham bizga bog‘liq emas, lekin Ukraina yordam olishni ta’minlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi kerak. Bu amalga oshishiga ishonaman, — dedi Zelenskiy Kiyevda Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.

“Ikkinchidan Kiyev Yevropa Ittifoqining yordamiga muhtoj, bu Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketi ‘bekor ketmasligi’ uchun kerak”, — deb davom etdi Zelenskiy.

Ukraina rahbari Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni mamlakatga zarur bo‘lgan uchinchi g‘alaba deb atadi.

Yevropa Ittifoqiga a’zolik biz uchun motivatsion qadamdir. Mamlakatda ishlayotganlar, o‘qiyotganlar va har kuni jang maydonida jon berayotganlarni rag‘batlantirish uchun bu muhim, — dedi Ukraina prezidenti.

U Ukraina yaqin kelajakda natijalarga erishishini va’da qildi.

Avvalroq  Zelenskiy Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishga hamda uning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi sulh bo‘yicha takliflarini muhokama qilishga tayyorligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »