Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish niyatida ekanini ma’lum qildi va ularga yordam berish choralarini ma’lum qildi. Bu haqda u X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videomurojaatida ma’lum qildi.

Foto: AFP

Makronning ta’kidlashicha, ayollar har kuni yomon muaomalar, ta’qib va ​​zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi.

“Biz bunga chek qo‘yishimiz mumkin va kerak, biz shunday qilamiz”, — dedi Fransiya rahbari Xalqaro ayollarga qarshi zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan mamlakat fuqarolariga murojaatida.

U huquq-tartibot idoralari “2022-yilda 244 ming oilaviy zo‘ravonlik holatini qayd etgani, bu 2017-yilga nisbatan ikki barobar ko‘p”ligini ta’kidladi.

Makron bunday raqamlar ayollarning zo‘ravonlik haqida gapirishda erkinroq bo‘lganini ko‘rsatishini ta’kidladi.

“Ammo bu 2022-yilda 118 nafar ayol o‘z juftlari qo‘lidan halok bo‘lgani haqidagi haqiqatni o‘zgartirmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Makron ayollarga yordam berish choralarini ham e’lon qildi. Xususan, huquq-tartibot idoralari tomonidan oilaviy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar kiritiladigan ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Bundan tashqari, 1-yanvardan Fransiyada hayotiy qiyin vaziyatga tushib qolgan zo‘ravonlik qurbonlariga moddiy tovon puli to‘lanadi.

Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni 2000-yildan buyon har yili 25-noyabr kuni nishonlanadi. U 1999-yil 17-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan belgilangan bo‘lib, ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish zarurligi to‘g‘risida jamoatchilik xabardorligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »