Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya taʼlim vazirligi Tojikistonga rus tili, fizika, biologiya va kimyo o‘qituvchilarini yuboradi, shuningdek, rus tili bo‘yicha darsliklar yetkazib beradi. Bu haqda vazirlik rahbari Sergey Kravtsovga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “Govorit Moskva”
“Hozir ushbu maktablar negizida metodik markazlar tashkil etmoqdamiz, nafaqat rus tili, balki fizika, biologiya, kimyo fanlaridan ham o‘qituvchilarni yubormoqdamiz.
Biz o‘z markazlarimiz va universitetlarimiz negizida Tojikiston uchun o‘qituvchilar tayyorlashga kelishib oldik va juda muhim qaror — rus tilidagi darsliklar bilan ta'minlash qabul qilindi”, — dedi Kravtsov.

U ayni damda Tojikistonda beshta rus maktabi ochilgan bo‘lib, ular uchun tanlov har bir o‘ringa to‘qqiz kishidan to‘g‘ri kelishini aytdi.

Kravtsov, shuningdek, G‘arb “qanchalik urinmasin”, Rossiyaning postsovet hududida, xususan, Markaziy Osiyo bilan aloqalarini yo‘q qila olmasligini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »