Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari 26-noyabrga o‘tar kechasi Moskva, Tula, Kaluga va Bryansk viloyatlarida 20 ta dronni urib tushirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Tula viloyatida dron qoldig‘i turar joy binosiga borib urilgan
Foto: Telegram

Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, dronlarning “ommaviy hujumi” paytida Naro-Fominsk va Podolsk, shuningdek, Odintsovo va Ramenskiy shahar okruglarida bir nechta dronlar urib tushirilgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, talafotlar va jiddiy vayronalar yo‘q”, — deb yozadi mer.

Hujum sababli Moskvaning Vnukovo va Domodedovo aeroportlari samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishni to‘xtatgan. Aeroportlarda 13 ta reys kechiktirilgan, yana uchtasi bekor qilingan.

Tula viloyati gubernatori Aleksey Dyuminning so‘zlariga ko‘ra, hududda ikkita dron urib tushirilgan.

“Ulardan biri boshqaruvni yo‘qotib, Tula shahridagi turar joy binosiga borib urilgan. Jiddiy zarar yo‘q, biroq uchta xonadonning oynalari shikastlangan. Uyda yashovchilardan biri yengil kesilgan jarohat olgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi”, — dedi Dyumin.

Shu bilan birga, Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz hududda beshta dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. Hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Kaluga viloyati rahbari Vladislav Shapsha viloyatning Dzerjinskiy va Jukovskiy tumanlarida urib tushirilgan dronlar haqida ma’lum qilgan, ularning soni aniq emas. 

“Voqea joyida ishlayotgan tezkor guruhlarning dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, infratuzilma vayron bo‘lmagan”, — deb yozadi gubernator.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »