Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avstraliyalik ayol 200 dollarga sotgan kartinaning haqiqiy qiymati 50 ming dollardan ortiq ekanini ancha vaqt o‘tib bilib qoldi.

Ikki yil oldin Sara Bonner ismli avstraliyalik ayol reklama orqali san‘at asarini sotib oldi. Ikki yil o‘tgach, u kartinadan qutulishga qaror qildi va buning uchun 100 dollar so‘radi. Bir necha kundan keyin xaridor u bilan bog‘lanib, ayolga rasm uchun 200 dollar taklif qildi. Bonner hayron bo‘ldi, lekin bu taklifga rozi bo‘ldi.

Foto: Google Images

Keyinchalik boshqa bir xaridor san‘at asari hali ham sotuvdami yoki yo‘qligini so‘radi. Avstraliyalik ayol rasm haqida ma‘lumotni internetdan topishga qaror qildi. Tez orada u xato qilganini tushundi.

Unga tegishli bo‘lgan rasm fransuz rassomi Pyer Sulaj tomonidan chizilgan bo‘lib, ushbu rassomning asarlari kim oshdi savdolarida 50 ming dollardan ko‘proqqa sotilgan. 

“Rasmning haqiqiy narxiga sotilishi hayotimni yorqinroq qilishi va moliyaviy ahvolimni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkin edi”, — deya ayolning so‘zlarini keltiradi ABC telekanali.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »