Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS tomonidan ozod qilingan isroillik garovga olinganlar qanday sharoitda yashaganlari haqida gapirib berdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ularning so‘zlariga ko‘ra, barcha garovga olinganlar guruhlarga bo‘lingan va har bir guruhning o‘ziga xos yashash sharoiti bo‘lgan. Ulardan biri deyarli butun asirlik vaqtini yer ostidagi tunnelda o‘tkazgan, u yerda oziq-ovqat kam bo‘lib, kunduzi deyarli yorug‘lik bo‘lmagan.

Bu guruhdagi garovga olinganlarning aytishicha, so‘nggi ikki hafta davomida yagona taom guruch bo‘lgan. Boshqalar quruqlikdagi boshpanalarda yashagan; ularning sharoitlari yaxshiroq bo‘lgan, lekin Isroil havo hujumlari xavfi yuqori edi. 

Ozod qilinganlarning ayrimlari Isroil matbuotidagi xabarlarni kuzatgan. Misol uchun, 9 yoshli Ohad Mondar Isroil telekanallaridan birida uning nomiga tug‘ilgan kun tabriklarini eshitgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »