Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va HAMAS o‘rtasida sulhning so‘nggi kunida ozod etilishi kerak bo‘lganlar va falastinlik mahbuslar ro‘yxati bo‘yicha kelishmovchilik yuzaga keldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qatarlik vositachilar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish ustida ishlamoqda. HAMAS Isroil qamoqxonalaridagi olti nafar falastinlik ayolni ozod qilishni talab qilmoqda. Biroq ular 27-noyabr kuni ozod etiladiganlar ro‘yxatida yo‘q. 

Bu Isroil va HAMAS o‘rtasida isroillik garovga olinganlar va falastinlik asirlarni almashish doirasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarning sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Falastin tomonining aytishicha, 38 nafar falastinlik ayoldan hozirgacha 32 nafari qo‘yib yuborilgan.

Bu Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklarning hammasi emas, lekin, HAMASga ko‘ra, olti kishi ozod etilishi kerak, chunki ular qamoqda eng uzoq vaqt o‘tirgan. HAMAS Isroilni falastinlik mahbuslarni ozod qilishda ushbu tamoyilga amal qilishga chaqirmoqda.

Qatar rasmiylari odamlarni ozod qilishda kechikishlarning oldini olish uchun allaqachon jarayonga aralashganliklarini aytmoqda.

  • HAMAS 27-noyabr, dushanba kuni 11 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qilishi kerak. Isroil hukumati 26-noyabr kuni ularning ro‘yxatini qo‘lga kiritgan.
  • 26-noyabrda HAMAS 14 nafar isroillikni, jumladan 4 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan to‘qqiz nafar bolani qo‘yib yubordi. Umuman olganda, sulhning so‘nggi uch kunida 39 nafar isroillik uyiga qaytdi, 117 nafar falastinlik esa Isroil qamoqxonalaridan ozod qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »