Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiyaning Dassault Aviation aviakompaniyasi Qozog‘iston va O‘zbekistonga Rafale qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish ustida ishlamoqda, deb xabar berdi La Tribune nashri manbalarga tayanib.

Foto: La Tribune

Fransuz nashrining yozishicha, harbiy samolyotlar yetkazib berish prezident Emmanuel Makronning noyabr oyi boshida Ostona va Toshkentga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan mavzulardan biri bo‘lgan.

Manbalar Dassault Aviation bir necha oy davomida Fransiya ikki tomonlama munosabatlarini chuqurlashtirishni istaydigan ushbu ikki Markaziy Osiyo davlatiga kirishga faol intilayotganini tasdiqladi, — deb yozadi La Tribune.

Nashrning yozishicha, O‘zbekiston 24 tagacha qiruvchini sotib olishi mumkin. Shu bilan birga, Toshkent boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan samolyotlarni ham ko‘rib chiqishi mumkin. Qozog‘iston ham o‘zining jangovar samolyotlar parkini yangilamoqchi, biroq bu mamlakatga Rafale qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish istiqbollari hali “uzoq ko‘rinadi”, deyiladi maqolada.

Ayni paytda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi “Kursiv”ga Fransiyadan qiruvchilar olishi haqidagi ma’lumot “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini” bildirgan.

Rafale — Fransiyaning Dassault Aviation kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan to‘rtinchi avlod ko‘p maqsadli qiruvchi samolyot. Qiruvchi o‘zining ilk parvozini 1986-yil iyul oyida amalga oshirgan va 2004-yilda Fransiya dengiz floti va havo kuchlari tomonidan qabul qilingan.

Rafale to‘p va raketalar bilan qurollangan. U havo-havo va havo-yer sinfidagi raketalarini hamda o‘rta masofaga uchadigan yadroviy kallaklarni olib yurishga qodir.

Samolyot Fransiyadan tashqari Misr, Hindiston, Qatar va Gretsiya armiyasida ishlatiladi.

Noyabr oyi boshida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Qozog‘iston va O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib, ushbu respublikalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Uning mintaqaga safarlaridan maqsad Fransiyaning energiya xavfsizligini yaxshilash edi, deb yozadi Bloomberg manbalarga tayanib. Unga ko‘ra, xususan, Qozog‘istonda Makron Fransiyaga neft yetkazib berish va uran eksporti hajmini oshirishga kelishib olgan. Respublikaga tashrifdan so‘ng France24 telekanali Parij Qozog‘istonga mamlakat “suverenitetini mustahkamlash” uchun Ground Master 400 havo hujumidan mudofaa radar tizimlarini yetkazib berishi haqida xabar qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »