Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kaspiy dengizi sayozlikning kritik darajasidan o‘tdi. Mutaxassislar ekologik falokat xavfi borligini ma’lum qildi. Bu haqda “Xabar 24” xabar berdi.

Foto: depositphotos.com

Kaspiy dengizi sathining pasayishi 40 yil oldin prognoz qilingan. Olimlar buni iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda: haroratning ko‘tarilishi, qurg‘oqchilik va daryolardan oqib kelayotgan suv hajmining kamayishi. Dengizning shimoliy qismi Atirau viloyatida joylashgan. Sayozlikning oqibatlari bu yerda yaqqol namoyon bo‘ladi, jumladan, bir vaqtlar yiliga 15 ming tonna yuk o‘tgan port uch yildan beri ishlamayapti. Sohilbo‘yi qishloqlari aholisi ham kelajakka xavotir bilan qaramoqda.

“Shoshilinch choralar ko‘rish kerak. Kaspiy dengizi sayozligidan mahalliy aholi allaqachon azob chekmoqda. Qishloqdagilar qayg‘uli taqdirga duch kelmoqda. Ular nafaqat baliqchilikni yo‘qotmoqda, balki dengiz tubidan ko‘tarilayotgan chang aholi salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, — deya ogohlantirdi ekologiya faoli Jauken Koshenov.

Kaspiy dengizi muammolarini o‘rganish uchun Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilmoqda. U tor yo‘nalishdagi mutaxassislarni birlashtiradi: ixtiologlar, biologlar, gidrogeologlar va boshqalar. Olimlar dengiz flora va faunasini o‘rganib, dengiz hayvonlarining o‘limi sabablarini aniqlaydi.

Jamoatchilik Kaspiy Orol taqdirini takrorlashi mumkinligidan xavotirda. Viloyat aholisi sayozlik muammolarini hal etish bo‘yicha hukumatdan aniq qadamlar kutmoqda. Mutaxassislar fikricha, suvdan foydalanish sohasidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi va fuqarolarning suvga bo‘lgan huquqlarini yangi tahrirdagi Suv kodeksida mustahkamlash taklif etilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »