Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 152 kilometr uzunlikdagi Darvoza—Maqtaorol yangi temiryo‘l liniyasi qurilishi boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshirig‘i bilan respublikaning transport-tranzit salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasi orqali yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi.

Foto: Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati

2023-yil boshidan buyon Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yuk tashish hajmi 25,8 million tonnani tashkil etdi. Asosiy yuk oqimi bugungi kunda Sariog‘och davlatlararo stansiyasi orqali o‘tadi.

Yangi temiryo‘l liniyasining qurilishi mavjud Sariog‘och—Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi liniyaga yo‘naltirish, Sariog‘och stansiyasi faoliyatini yengillashtirish va butun O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha eksport tashish hajmini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, loyiha Turkiston viloyatini respublikaning asosiy temiryo‘l tarmog‘iga ulash orqali uning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Foto: Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati
“Temiryo‘llar davlatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalari taraqqiyotini ta’minlovchi stabil arteriyadir. O‘tgan yili Qozog‘iston mustaqilligining 30 yilidagi maksimal yuk tashish hajmi 245 milliard tonna-kilometrni tashkil etdi. Bu yil ham yuqori ko‘rsatkichlar davom etmoqda”, — dedi Alixon Smoilov.

Qozog‘iston 2023-yil oxiriga qadar O‘zbekiston bilan yuk tashish hajmini qariyb 31 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga yuqori.

Foto: Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati
“Ushbu uchastkaning imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, mamlakatimizning eksport va tranzit salohiyatini oshirish maqsadida biz yirik temiryo‘l loyihasi — Darvoza – Maqtaorol yangi liniyasi qurilishini boshlamoqdamiz”, – dedi bosh vazir.

Loyiha ikki bosqichga bo‘lingan. Birinchisi, Sirdaryo stansiyasiga chiqadigan O‘zbekiston davlat chegarasi bo‘lgan Yerdaut-Maqtaoral liniyasini qurishni nazarda tutadi. Ikkinchi bosqichda shu stansiyaga chiqish imkoniyati bo‘lgan O‘zbekiston davlat chegarasi – Yettisoy qismi foydalanishga topshiriladi.

Jami 152 kilometr uzunlikdagi temiryo‘l quriladi. Loyihani amalga oshirish uchun 19,7 ming tonna rels, shuningdek, 280 ming dona temir-beton shpal va relsli mahkamlagichlar xarid qilish rejalashtirilgan.

Foto: Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati

Yangi temiryo‘l liniyasining qurilishi 3400 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Loyihada Qozog‘iston tarkibining ulushi 85 foizni tashkil etadi.

“Qozog‘iston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Kanat Almagambetovning taʼkidlashicha, Darvoza – Maqtaorol liniyasi Turkiston viloyatining ikki chekka tumani – Maqtaorol va Jetisayni Qozog‘istonning qolgan qismi bilan bog‘laydi.

Foto: Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati
“To‘qqizta stansiya quriladi. Temiryo‘l Qozog‘istondan ushbu hududlarga va bu hududlardan Qozog‘istonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuk tashish imkonini beradi. Chunki endi ular O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tishga majbur. Bu hududlarning rivojlanishiga ta’sir qiladi”, — dedi u.

Almagambetovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning tranzit salohiyati ham sezilarli darajada oshadi.

“Afg‘oniston, Eron, Tojikiston va O‘zbekistonga ketayotgan yuklar bu liniya orqali tezroq o‘tadi. Yana bir ta’sir: Sariog‘och-Toshkent uchastkasida yuklanish pasayadi. So‘nggi yillarda u yerda juda ko‘p yuk bor edi. Biroq, ularning hammasi ham o‘z vaqtida yetkazilmaydi, chunki u bunday yuk oqimiga mo‘ljallanmagan. Oxirgi ikki-uch yil ichida u keskin oshdi. Qurilish ushbu asosiy uchastkadagi tirbandlikni bartaraf etishga va yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanishiga yordam beradi”, — dedi Kanat Almagambetov.

 

Foto: Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati

Shuningdek, u hozirda Pokiston orqali Hindistonga temiryo‘l qurish masalasi muhokama qilinayotganini aytdi. Darvoza—Maqtaorol liniyasining ishga tushirilishi esa Qozog‘istonning ushbu strategik yo‘nalishni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi bo‘ladi.

“Biz yuk tashish hajmi qo‘shimcha ravishda 10-14 million tonnaga oshishini prognoz qilamiz. Kelajakda esa 20-25 million tonnagacha oshirish mumkin. Toshkent uzelini aylanib o‘tgan ushbu uchastka har ikki yo‘nalishda ham ancha tez yuk tashish imkonini beradi”, — deya xulosa qildi Kanat Almagambetov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »