Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Saudiya Arabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Saudiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va keng ko‘lamli sheriklikni yanada kengaytirish, shu jumladan oliy darajadagi kelishuvlarni so‘zsiz amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida investitsiyalar vaziri O‘zbekiston yetakchisiga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz al-Saud hamda valiahd, bosh vazir Muhammad bin Salmon al-Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yo‘lladi.

Davlat rahbari keyingi yillarda o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston iqtisodiyotiga, eng avvalo “yashil” energetika sohasiga Saudiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda. Saudiya taraqqiyot fondi ko‘magida sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti va boshqa yo‘nalishlarda bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilmoqda.

Saudiya delegatsiyasining bu galgi tashrifi doirasida kimyo, energetika, qishloq xo‘jaligi, farmasevtika, IT va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida 12 milliard dollarlik o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

O‘zbekistonning turli hududlaridagi yirik energetika loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, transport infratuzilmasi va kommunal xo‘jaligi, geologiya, irrigatsiya, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, oliy ta’lim, mehnat migratsiyasi bo‘yicha umumiy qiymati 11 milliard dollarlik yangi loyiha va dasturlarni ilgari surishga kelishib olindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident Sirdaryo viloyatida 1,5 gigavatt quvvatli zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining faoliyati hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish ishlari boshlanayotganini olqishladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, vazir Holid al-Falixni O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ko‘p qirrali, o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi va har tomonlama ko‘magi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »