Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash marosimida ishtirok etgandi. Shirin shahri va Boyovut tumani hududida Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tomonidan qurilayotgan, jami quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining dastlabki bosqichi tarmoqqa ulandi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ushbu marosimda Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni qirolligi investitsiya vaziri Holid al-Falih ishtirok etdi. Davlat rahbari maxsus tugmani bosgach, zamonaviy stansiyaning ilk 500 MVt quvvatga ega birinchi bloki ishga tushdi.

2023- yil yakuniga qadar ushbu stansiyaning quvvati bosqichma-bosqich 1000 MVtga, 2024-yilning birinchi choragida to‘liq 1500 MVt quvvatga chiqariladi.

Bu nima beradi?

Stansiya to‘liq ishga tushirilgach yiliga 12 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu hajmdagi elektr energiyasi O‘zbekistondagi 3 milliondan ortiq xonadonning bir yillik iste’molini qoplash imkonini beradi.

Energetika vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, unda Yaponiya Mitsubishi kompaniyasining dunyodagi eng zamonaviy va energiya tejamkor gaz turbinalari o‘rnatilishi hisobiga yiliga 1,1 milliard kubometr tabiiy gaz tejaladi.

Mazkur megaloyiha Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalari hisobiga amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »