Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

28-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan sara suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

 
 
HAMAS va Isroil o‘rtasidagi vaqtinchalik sulh vaqtida Al-Arishdagi shifoxonada davolanayotgan falastinlik Anas Moamen.
 
Foto: Reuters
 
 
G‘azo sektori janubida gulxan atrofida o‘tirgan falastinliklar.
Foto: Reuters
 
Nankindagi Gumboldt pingvinlari.
Foto: Reuters
 
 
 
Afsonaga ko‘ra qadimgi yunon sevgi va go‘zallik ma’budasi Afroditaning tug‘ilgan joyi bo‘lgan Petra tu Romiu sohilida turgan erkak, Kipr.
Foto: Reuters
 
Hindistonning shimolidagi Uttarkashi shahrida tunnelda qolib ketgan ishchilarni qutqarish ishlari olib borilyapti.
Foto: Reuters
 
“Mojaysk” suvosti kemasi Rossiya dengiz flotiga topshirildi.
Foto: Reuters
 
 
Rojdestvo bezaklari sotuvchisi xaridorlarni kutmoqda, Filippin.
Foto: Reuters
 
Elektr jihozlari tashlanadigan chiqindi qutisini titayotgan erkak.
Foto: Reuters
 
Sobiq birinchi xonim Rozalin Karterning tobuti Atlantadagi Jimmi Karter prezidentlik kutubxonasi foyesidagi dafn marosimi o‘tkaziladigan joyga olib kelindi.
Foto: Reuters
 
 
 
Liverpulda Rojdestvo yarmarkasi ochildi.
Foto: Reuters
 
 
Interstellar Lab asoschisi va bosh direktori Barbara Belvisi o‘simliklar yetishtirish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan yuqori texnologiyali sun’iy intellektga asoslangan issiqxona BioPod ichida suratga tushdi. Interstellar Lab’da iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va Marsda kelajak hayotga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
 
Foto: Reuters

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »