Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Saudiyaning yetakchi ACWA Power kompaniyasi bilan amalga oshirilgan loyiha — Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash marosimida ishtirok etgandi. Davlat rahbari tadbirda so‘zlagan nutqida ushbu loyihani O‘zbekiston energetika tarmog‘ida o‘ziga xos etalon loyiha deb atadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Mana shunday hayajonli daqiqalarda ishga tushirilayotgan yangi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi O‘zbekiston energetika tarmog‘ida o‘ziga xos etalon loyiha bo‘lib, mamlakatimiz iqtisodiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shadi”, — dedi prezident.

Qayd etilishicha, u rekord muddatlarda, davlat kafolatisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga eng zamonaviy va energiya samarador bo‘lgan ana shunday yirik stansiya yuqori sifatda qurib bitkazildi. Qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan va quvvati 1,5 giga-vattli ushbu stansiya 3 million xonadonni va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini kafolatli ta’minlaydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Loyiha doirasida Xitoyning jahondagi eng yirik kompaniyalaridan biri –— China Energy bosh pudratchi sifatida tanlangan bo‘lsa, Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi eng ilg‘or texnologiyalarni murakkab sharoitlarga qaramasdan, jadal yetkazib berdi.

 “Ular bizning 2030-yilgacha 25 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratishga qaratilgan ulug‘vor maqsad va rejalarimizni to‘liq amalga oshirishga juda katta hissa qo‘shadi. Bu muhim loyihalar energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilib, 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni tejashga, atmosferaga salkam 3 million tonna zararli gazlar chiqishining oldini olishga xizmat qiladi”, — dedi davlat rahbari.

Ayni paytda ACWA Power kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonning strategik tarmog‘i bo‘lgan energetika sohasida 8 milliard dollarlik yirik loyihalar samarali amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »