Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Majlisda qayd etilishicha, qurilish, ishlab chiqarish va urbanizatsiya ko‘lamining kengayishi atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shunga ko‘ra, atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishining oldini olish maqsadida tabiatga zararli taʼsir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini cheklash va to‘xtatib qo‘yish mezonlarini qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelyapti.

Mazkur qonun loyihasi bilan esa qonun hujjatlariga atrof tabiiy muhitni normativdan ortiq darajada ifloslantiruvchi korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklashni hamda to‘xtatib turishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatda ekologik holatni yanada yaxshilash, aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi masʼuliyatini oshirish imkonini beradi. Muhokamalar yakunida qonun loyihasi qabul qilindi.

Avvalroq “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Vazirlar Mahakamasi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilingandi. Hujjat bilan Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida havoni ifloslantiruvchi avtomobillar harakati taqiqlanishi taklif etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »