Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Saudiya Arabistoni yetakchi ACWA Power kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihalariga start bergandi. Prezident ushbu mamlakat kompaniyalari bilan hamkorlikda jadallashtirish zarur bo‘lgan masalalarga to‘xtaldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Buxoroda 3 ta shamol elektr stansiyasi bo‘yicha (1,7 milliard dollarlik) shartnomalar imzolangan. Turbinalar o‘rnatilmoqda.

“Qancha tez ishga tushirsak, ikki tomonga ham nafi shuncha katta bo‘ladi”, — dedi prezident ushbu loyiha haqida.

Qoraqalpog‘istonda shamol (2,6 milliard dollar) va Samarqandda quyosh elektr stansiyalari (1,8 milliard dollar) o‘rganish ishlari yakunlanmoqda. Prezidentning ta’kidlashicha, ular doirasida elektr tarmoqlarni (1 600 kilometr, 700 million dollar) mahalliy kompaniyalar tomonidan qurilishi maqsadga muvofiq. Energetika loyihalari bo‘yicha “mahalliy kontent”ni 25 foizgacha yetkazish juda muhim. Loyihalash, qurilish va mahsulot yetkazishda o‘zbek kompaniyalari ishtirokini kengaytirish lozim.

Davlat rahbari yangi “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan loyihalar bo‘yicha amaliy ishlarni kechiktirmasdan boshlanishiga ishonch bildirdi. Jumladan:

  • “Yashil vodorod” loyihasi (Navoiy, Buxoro va Sirdaryoda, 4 milliard dollar) texnik iqtisodiy asosini tez ishlab chiqib, 2024-yil maygacha moliyalashtirish masalasini hal etib olish;
  • strategik ahamiyatga ega yangi Toshkent xalqaro aeroportini qurish (1,5 milliard dollar) loyihasi bo‘yicha hujjatlarni kelgusi yil iyungacha tayyorlab, Investisiya bitimini imzolash.
  • Shamol elektr stansiyasi uchun minora ishlab chiqarishni Vision Industries bilan (Qoraqal-pog‘iston, 100 million dollar) 2024 yil 2-chorakda boshlash.

Jamjoom Pharma bilan ACWA Power moliyaviy ishtirokida “Toshkent farma parki”da dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha ishlarni kelgusi yil boshidan yo‘lga qo‘yish.

Hozir Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi bilan 150 million dollarlik 6 ta loyiha faol amalga oshirilmoqda. Davlat rahbari yangi loyihalar portfelini ishlab chiqish va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi. Iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (100 million dollar jalb etiladi) faoliyatini yo‘lga qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

“Umuman olganda, Saudiya bilan 31 milliard dollarlik kelishuvlarga erishganmiz. Hammasini o‘zingiz qat’iy nazoratga olsangiz, Sizdan juda minnatdor bo‘laman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev marosimda qatnashgan Saudiya Arabistoni Podshohligi investisiyalar vaziri Holid al-Falihga.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentning qayd etishicha, ularning ijrosini hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida (21—22-dekabr) ham batafsil muhokama qilish zarur.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »