Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tailandda Chaturong Suksuk ismli erkak to‘y kuni kelin, uning onasi va singlisini, shuningdek, yana bir mehmonni otib o‘ldirdi, deb xabar bermoqda BBC.

Foto: “Informator”

29 yoshli sobiq harbiy va para-sportchi o‘zining 44 yoshli rafiqasi Kanchana Pachuntuekni ular turmush qurganidan bir necha soat o‘tib o‘ldirdi.

Mahalliy OAV yozishicha, erkak kutilmaganda to‘yni tark etib, qurol bilan qaytgan. U kelinning onasi va singlisini, shuningdek, to‘ydagi mehmonni otib o‘ldirgan. Yana bir mehmon jiddiy jarohat olgan.

“Informator” yozishicha, qotillikdan keyin erkak o‘z joniga qasd qilgan.

Mehmonlar ziyofatda kuyovning ko‘rinishi g‘amgin va qattiq mast ekanini payqashgan. Ular Chaturong rafiqasidan 15 yosh kichik ekani sabab o‘ziga nisbatan ishonchsizlik his qilganini ta’kidladi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Chaturong sobiq askar, u poyezd bosib ketib, bir oyog‘i uzilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan.

Erkak o‘tgan yili Indoneziyada bo‘lib o‘tgan ASEAN Paralimpiya o‘yinlarida suzish bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u kelasi oy Tailandda bo‘lib o‘tadigan Jahon sport o‘yinlarida ishtirok etuvchi sportchilar ro‘yxatiga kiritilgandi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »