Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat kadastrlar palatasi Olmaliq shahar filiali bosh muhandisi A.I. pora olayotganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, u Olmaliq shahrining Xonobod ko‘chasida joylashgan 0,28 gektardan iborat yer uchastkasini uch qismga bo‘lib berish hamda har bir yer uchastkasiga alohida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 4 000 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora sifatida talab qilgan.

Bu haqda fuqaro Toshkent viloyati IIB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga murojaat qilgan.

Kadastr xodimi oldindan 1 800 AQSH dollarini olgan. Keyinchalik qolgan 2 200 AQSH dollarini fuqarodan olayotganida viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »