Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” 30-noyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, payshanba kuni harorat yana pasayadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tuman tushadi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyatining baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »