Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkazilishini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, tajriba-sinov jarayonlari 2022-yilgi attestatsiyada nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda o‘tkazilishi belgilagan.

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5—7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:

  • Xorazm viloyati Hazorasp tumani;
  • Buxoro viloyati Olot tumani;
  • Navoiy viloyati Konimex tumani;
  • Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani;
  • Namangan viloyati Yangi Namangan tumani;
  • Toshkent shahri Yangihayot tumani;
  • Samarqand viloyati Urgut tumani;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani;
  • Andijon viloyati Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
  • Surxondaryo viloyati Boysun va Sherobod tumanlari;
  • Sirdaryo viloyati Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;
  • Jizzax viloyati Baxmal va G‘allaorol tumanlari;
  • Toshkent viloyati Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;
  • Qashqadaryo viloyati Qamashi va Chiroqchi tumanlari;

Malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi. Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini ko‘rib chiqishga taʼsir qilmaydi.

Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi 2024-yildan boshlab o‘tkazilishi belgilangan.

Malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etilgan bo‘lib, moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmasligi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytirilishi belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »