Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoydan Yevropaga yuklarning qariyb 85 foizi Qozog‘iston orqali olib o‘tiladi, dedi Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Din Syuesyan bilan uchrashuvda. Bu haqda Qozog‘iston hukumati rahbari saytidagi xabarda aytiladi.

Foto: Qozog‘iston hukumati rahbari sayti

Smailovning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb chorakka oshgan.

Bosh vazir 10-noyabrdan kuchga kirgan vizasiz rejim Qozog‘iston — Xitoy munosabatlarida yangi sahifa ochayotganini qo‘shimcha qildi.

“Ushbu chora ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirish, savdoni soddalashtirish, o‘zaro investitsiyalarni ko‘paytirish va turizmni rivojlantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu, ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan Xitoyda Qozog‘istonning turizm yili munosabati bilan dolzarbdir”, — dedi Smailov.

Avvalroq Smailov Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 152 kilometr uzunlikdagi Darvoza—Maqtaorol yangi temiryo‘l liniyasi qurilishi boshlangani haqida xabar bergandi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshirig‘i bilan respublikaning transport-tranzit salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasi orqali yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »