Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyati Toyloq tumanida 50 sotix yerni 97 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M. Urgut tumanidagi “Q.” MFY hududidan 50 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro Z.ga 97 000 AQSH dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 31 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

B.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Davlat kadastrlar palatasi Urgut tumani filiali bo‘limi muhandisi N.N. yuqoridagi yer maydonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »