Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent—Sariosiyo—Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati 10-dekabrdan yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning 16—17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 82/81-sonli Toshkent—Sariosiyo—Toshkent yo‘nalishida alohida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd 2023-yilning 10-dekabridan harakatni amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, hozirda Toshkent—Termiz—Sariosiyo yo‘nalishida har kuni bir marotaba harakatlanadigan yo‘lovchi poyezd harakati mavjud bo‘lib, ushbu poyezd ajralmas tarkib bilan harakatlanadi. Shu sababdan ushbu poyezdni ikkita yo‘nalishda alohida qatnovlarini tashkil etish yo‘lovchi tashishlar sonini ikki barobarga oshirilishiga xizmat qiladi.

Yo‘nalishlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 82-sonli Toshkent—Sariosiyo yo‘nalishi: Toshkent 21:40 — Sariosiyo 12:08;
  • 81-sonli Sariosiyo—Toshkent yo‘nalishi: Sariosiyo 19:13 — Toshkent 11:47;
  • 80-sonli Toshkent — Termiz yo‘nalishi: Toshkent 19:50 — Termiz 9:40;
  • 79-sonli Termiz — Toshkent yo‘nalishi Termiz 17:43 — Toshkent 8:53.

Chiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz va Uzrailways ilovasi orqali yoki temir yo‘l chiptaxonalaridan xarid qilish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »