Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tarmoqlarda Toshkent shahrida 29-noyabr kuni kuzatilgan yomg‘ir qisqa muddatli qorga aylangani haqida mulohazalar paydo bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov tushuntirish berdi.

Erkin Abdulahatov
Foto: “Daryo”

Erkin Abdulahatovning aytishicha, poytaxtda qor yog‘gani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Kunduz kuni isib turib, kechga borganda sovuq frontning o‘tishi kuzatilsa, birinchi yog‘in yuqori haroratda bizga oy shuʼlasi yoki yoritkich obyektlarida qor kabi ko‘rinadi.

Bu juda yengil suv tomchilari va tezligi past yog‘in turidir. Bu qor emas. Ijtimoiy tarmoqlarda “poytaxtda qor yog‘moqda” degan asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Poytaxtda hozir +9°S +10°S harorat. Bunday haroratda tabiiy ravishda osmondan qor tushmaydi. Qor odatda tabiiy ravishda maksimal +4°S (juda kam hollarda +5°S da) gacha bo‘lgan haroratda yog‘ishi mumkin. Sunʼiy ravishda esa yuqori haroratda ham buning imkoni bor. Masalan, Sochi Olimpiadasida +10°S da qor “yog‘dirishgan”, — dedi iqlimshunos.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu hodisa kunduz kuni bo‘lganda hech kim uni qor deb atamas edi.

Avvalroq “O‘zgidromet” ob-havo sharoitlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, dekabr oyi sovuq bo‘lmasligini maʼlum qilgan edi.

Unga ko‘ra, o‘rtacha oylik harorat meʼyordan yuqori, baʼzi hududlarda meʼyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, havo harorati kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha pasayishi kuzatiladi. Dekabr oyi uchun bu normal holat.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »