Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘oniston temir yo‘llari departamenti rahbari Baxtu Rahmon Sharaf Turkmaniston tomonining taklifiga binoan Ashxobodga ketdi

Foto: X
 

Delegatsiya ikki tomonlama hamkorlik, yuk tashish sifatini oshirish va transport masalalarini muhokama qiladi. Ikki davlat yaqinda Serxetoboddan Turg‘undigacha bo‘lgan temiryo‘l liniyasida yuk tashish hajmini oshirishga kelishib olgandi.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, mazkur quruqlik porti Lapis Lazuli (Afg‘oniston–Turkmaniston–Ozarbayjon–Gruziya–Turkiya) xalqaro tranzit loyihasiga kiritilgan. Loyihaga ko‘ra, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari Turg‘undini Ashxobod bilan, keyin esa Kaspiy dengizidagi Turkmanboshi porti bilan bog‘lashi kerak. Yo‘lak Bokugacha davom etadi, so‘ngra Tbilisi orqali Anqara, Poti va Batumiga boradi.

Turkmaniston Turkmaniston–Afg‘oniston–Tojikiston temiryo‘li qurilishi orqali Xitoy bozorlariga, u yerdan esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chiqishni kutmoqda.

Ashxobod allaqachon Afg‘oniston chegaralariga temiryo‘l liniyalarini yotqizgan va Afg‘onistonning Akina va Hirot shaharlariga rels yotqizish vazifasini o‘z zimmasiga olgan.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »