Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatidagi ohak ishlab chiqarish sexi 1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlagan.

Xususan, O‘zbekiston tumanida istiqomat qiluvchi R.Y.ga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi tarmoqqa noqonuniy ravishda, tabiiy gaz hisoblagichsiz ulanib, davlat manfaatlariga 1 milliard so‘mlik zarar yetkazgani maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Farg‘onada ohak sexini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 168,5 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan shaxs aniqlangan edi. Shuningdek, Namangan shahrida ohak pishirish xo‘jaligi 4 milliard so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani, Jizzaxda ohak ishlab chiqarish sexi 330 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »