Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Olmaotadagi hostelda yuz bergan yong‘in qurbonlari orasida O‘zbekiston va Rossiya fuqarolari ham bor. Bu haqda fojia joyiga yetib borgan Olmaota hokimi Erbolat Do‘sayev ma’lum qildi.

Foto: Tengrinews
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va Saxa Respublikasi (Rossiya) fuqarosi borligi tasdiqlandi, — dedi Do‘sayev.

Keyinroq Olmaota politsiyasi qurbonlardan ikki nafari O‘zbekiston, yana ikki nafari Rossiya fuqarosi ekaniga aniqlik kiritdi.

Hodisada jami 13 kishi halok bo‘lgan, ulardan 9 nafari qozog‘istonliklar.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlik rahbari boshchiligida mamlakat bosh vaziri tomonidan zudlik bilan tuzilgan hukumat komissiyasi voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Dastlabki versiyaga ko‘ra, yong‘in yerto‘ladagi hostel koridorida boshlangan. Ushbu yerto‘la bir yarim oy avval hostelga aylantirilgani, uning umumiy maydoni 457 kvadrat metr ekani ma’lum qilindi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Yong‘in boshlangan vaqtda hostelda 72 kishi bo‘lgan, ulardan 59 nafari binoni mustaqil tark etgan. Hostel mehmonlarining aksariyati xorijliklar edi.

Yong‘in va 13 kishining o‘limi yuzasidan respublika Jinoyat kodeksining 292-moddasi (yong‘in xavfsizligi talablarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »