Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Olmaota shahrida hosteldagi yong‘in oqibatida 13 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi, deb yozmoqda Tengrinews shahar Favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib.

Foto: Tengrinews

Yong‘in mahalliy vaqt bilan taxminan 05:33 da Adi Sharipov ko‘chasidagi uch qavatli binoning yerto‘lasida sodir bo‘lgan. Yerto‘la hostelga aylantirilgan edi.

Bir soatdan keyin yong‘in o‘chirildi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 30 kvadrat metrni tashkil etdi.

Qutqaruvchilar yong‘in joyidan 13 kishining jasadini topdi. Dastlabki belgilarga ko‘ra, odamlar is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Ularning o‘limi hamda yong‘in sabablari hozircha aniqlanmoqda, deya qo‘shimcha qildi departament.

Hammasi bo‘lib, yong‘in boshlangan vaqtda hostelda 72 kishi bo‘lgan, ulardan 59 nafari binoni mustaqil tark etgan. Hostel mehmonlarining aksariyati xorijliklar edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »