Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Qatarda bo‘lib o‘tgan XI Ta’lim bo‘yicha xalqaro innovatsion sammitda ishtirok etdi.

Ushbu yirik anjuman 2011-yildan buyon Qatar Davlati Ta’lim, fan va ijtimoiy taraqqiyot fondi (Qatar Foundation) raisi shayxa Muza bint Nosir al-Misnad shafeligida o‘tkazib kelinmoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad – siyosat, tadqiqotlar, yetakchilik kabi sohalarda tashabbuslarni ilgari surish orqali ta’limda innovatsion dasturlarni yaratishdir.

Bu yilgi tadbir “Sun’iy intellekt davrida inson ijodkorligi” mavzusiga bag‘ishlandi. 29-noyabr kuni sammitning asosiy tadbirlarida yuqori darajadagi mehmonlar, jumladan, xorijiy davlatlar vazirlari, ta’lim va ijtimoiy sohalar ekspertlari qatnashdi.

Bu sammitdagi ishtirok so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Ziroat Mirziyoyeva haqida

O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Mahmudovna 1964-yil 4-dekabrda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1986-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini (hozirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti) muhandis-iqtisodchi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.

2020-yildan buyon O‘zbekistonda ochiq va inklyuziv muhitni yaratish orqali aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash va taʼlimni rivojlantirish masalalari bo‘yicha qator xayriya loyihalarini amalga oshirayotgan “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisidir.

Fond faoliyatining ustuvor yo‘nalishi atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat. Ko‘kalamzorlashtirish, havo sifati monitoringini avtomatlashtirish, tabiiyresurslardan oqilona foydalanish, yoshlar orasida ekologik taʼlimni rivojlantirish, olis hududlarda toza ichimlik suvi bilan taʼminlash kabi masalalar bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ziroat Mirziyoyeva ijtimoiy va ekologik sohalardagi dolzarb masalalarga ko‘proq eʼtibor qaratish maqsadida ham milliy, ham xalqaro darajada qator tadbirlarni o‘tkazmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »