Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Anneksiya qilingan Qrim aholisidan ko‘ra, okkupatsiya qilingan Donbass aholisini “aqlan” ortga qaytarish Ukraina uchun qiyin kechadi, chunki Donbassda 10 yildan beri jangovar harakatlar davom etmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Nikolayevdagi universitet talabalari bilan uchrashuvda shunday fikr bildirdi.

Foto: Ukraina prezidenti veb-sayti

Zelenskiy Ukraina o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hududini ularning aholisidan avval qaytarib olishi mumkinligini aytdi.

Bir paytlar sheriklarim menga: Qrimni qaytarish deyarli imkonsiz, Donbassni qaytarish esa juda qiyin bo‘lishini aytishgandi. Menimcha, agar gap odamlar haqida ketayotgan bo‘lsa, nima bo‘lganda ham, hududlar odamlari bilan qaytadi, agar odamlarning o‘zi buni xohlamasa, jarayon qiyin kechadi.

Hatto hozir ham, Rossiya bizga qarshi kurashayotgan bir paytda, eng qattiq separatistlar u yerda turibdi, ruslar qochyapti, lekin ular turibdi. Bu ham nimadandir dalolat beradi. Ammo Qrimda hech qanday jangovar harakatlar bo‘lmagan, shuning uchun men Qrim qaytishni kutayotganiga ishonaman, Donbass ham kutmoqda, lekin bu juda qiyin bo‘ladi, chunki bu hududning aksariyati ishg‘ol qilingan va maksimal darajada harbiylashtirilgan”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina rasmiylari Rossiya bilan urushni Rossiya harbiylari barcha bosib olingan hududlardan, jumladan, anneksiya qilingan Qrim va 2014-yilda separatistlar tomonidan bosib olingan Donbass hududlaridan chiqib ketganidan keyingina to‘xtatish mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan.

2022-yil kuzida Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarini: DXR va LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarini anneksiya qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »