Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Real” futbolchisi Rodrigo Goes argentinalik futbolchi Lionel Messi bilan bo‘lib o‘tgan mojaroga izoh berishni xohlamadi.

JCH—2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan Braziliya — Argentina (0:1) o‘yini Marakana tribunalaridagi tartibsizlar tufayli taxminan 30 daqiqa kechiktirildi. Bu orada “Real” vingeri va “Inter Mayami” yulduzi o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi. 

Leo va Rodrigo de Pol braziliyalik futbolchi bilan bahslashayotganda Messi Rodrigoning bo‘ynidan ushlab oldi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Rodrigo o‘yin kechikishi tufayli kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olayotgan argentinaliklarga qarab, ularni haqorat qilgan. 

Messi unga: “Jim bo‘l, bolakay”, deb baqirgan. Shuningdek, Leo: “Biz jahon chempionimiz. Nega bizni haqorat qilyapsan?”, — degan. “Real” futbolchisi Messiga qarab: “Jahon chempioni? Sen qanday qilib g‘olib bo‘lganingni barchamiz bilamiz”, — deb javob bergan. Uchrashuvdan so‘ng Rodrigo ijtimoiy tarmoqlarda irqchilikka oid haqoratlarga duchor bo‘ldi. 

Rodrigoning otasi Erik Goes o‘g‘lini himoya qilib, Instagram sahifasiga o‘g‘lining Messi bilan mojarosi, shuningdek, Leoning Urugvayga qarshi bahsdagi Matias Oliveyra, Manuel Ugartelar bilan janjallari suratini e’lon qildi va “Bu hech kim bilan janjal qilmaydigan farishtami?”, deya izoh qoldirgan. 

“Napoli”ga qarshi bahsdan so‘ng “Real” futbolchisi Rodrigoga Messi haqida savol berildi. 

“Bu haqida gapira olmayman, “Madrid” ruxsat bermaydi”, — deb javob berdi braziliyalik futbolchi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »